Sport | 22:49 / 05.02.2019
11081
2 daqiqa o‘qiladi

Valverde: «Barselona» Messisiz ham g‘alaba qozonadi»

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde hujumchi Lionel Messini Ispaniya Kubogi yarimfinalidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi bo‘yicha yakuniy qarorga kelmaganini aytdi.

Avvalroq, argentinalik mushak jarohatini olgan edi.

«Biz yana bir mashg‘ulot o‘tkazamiz, uni qanday o‘tishini kuzatamiz. Leoni hali ko‘rmadim va hozircha uning «Real»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi bo‘yicha yakuniy qarorga kelmadim. Oldin biz uning ahvolini kuzatib, keyin xulosaga kelishimiz lozim. 

Messi maydonga tushadimi yoki yo‘qmi, biz o‘z uslubimizni o‘zgartirmaymiz. «Barselona» g‘alaba qozonishda, tashabbusga ega bo‘lishda va gol urishda davom etadi», — deb Valverde so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.

Ispaniya Kubogi 1/2 finalidan o‘rin olgan «Barselona» — «Real» o‘yini 6 fevral kuni tunda o‘tkaziladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid