Jahon | 08:46 / 06.02.2019
3288
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada hukumat a'zolari Brexit’ni muhokama qilish uchun maxfiy tarzda uchrashishdi

Foto: Daniel Leal-olivas / AFP

Buyuk Britaniyada hukumat a'zolari mamlakatni Yevroittifoq (YeI) tarkibidan chiqishi muddatini kechiktirish masalasini maxfiy tarzda muhokama qilishdi. Bu haqda The Daily Telegraph yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, vazirlar mahkamasi chiqib ketish jarayonini 24 maygacha kechiktirishni rejalashtirmoqda. Britaniya tomoni bu qadamni Yevropa davlatlari bilan muhokama qilishni mo‘ljallagan. Agar ular kechiktirishni qo‘llab-quvvatlashsa, unda yana sakkiz hafta davomida Britaniya YeI a'zosi bo‘lib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Mey «qattiq» Brexit’ga bormasligi haqida xabar bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid