O‘zbekiston bu yil avtomobillar eksportini tiklaydi
GM Uzbekistan 2018 yil o‘rtalarida vaqtincha to‘xtatilgan, yengil avtomobillar eksportini tiklaydi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisining texnik siyosat va mahalliylashtirish bo‘yicha o‘rinbosari v.b. Azizbek Shukurov ma'lum qildi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
«O‘tgan yili ushbu ishni (avtomobillar eksporti - tah.) to‘xtatdik, sababi konsepsiya va eksport sxemasiga bo‘lgan yondashuvni qayta ko‘rib chiqayotgandik. Bu yil biz eksportni qayta tiklaymiz», - dedi Shukurov.
GM Uzbekistan’ning an'anaviy va eng yirik bozorlari Rossiya va Qozog‘iston sanaladi. Shuningdek, kompaniya Ukraina, Belarus, Ozarboyjon, Gruziya, Armaniston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston, shuningdek, Iordaniya, Livan, Iroq va Afrikaning bir necha davlatlariga avtomobillarni eksport qiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlari o‘rtasida imzolangan bitimga ko‘ra, bu mamlakatga yengil avtomobillarni yetkazib berish boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxdagi avtomobil zavodi qurilishi nega to‘xtab qolgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar
19:24 / 15.08.2023
Import avtomobillarning faqat rasmiy dilerlar tomonidan sotilishi talabi bekor qilindi
19:06 / 28.07.2023