Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyohlar uchun eng xavfli davlatlar ma'lum qilindi
Aviasales turistik qidiruv tizimi mutaxassislari sayyohlar uchun eng xavfli davlatlar reytingini tuzdi. Ro‘yxatda Braziliya yetakchilik qilmoqda. Sayyohlar aynan shu davlatga borish xavfli ekanidan eng ko‘p ogohlantiriladilar.
Mutaxassislar Braziliyadagi xavflarni batafsil tahlil qilgach, u yerdagi “jinoyatchilik, favelalar, boshpanasizlar va giyohvandlar” sayyohlarni cho‘chitishini aniqlashgan. Bundan tashqari, Lotin Amerikasi davlatida virusli bezgak, to‘g‘onlar o‘pirilishi va ijtimoiy noroziliklar ham xavf soladi.
Ro‘yxatda 2-o‘rinni Turkiya egallagan. Rusiyzabon sayyohlar turk mehmonxonalaridagi o‘g‘riliklar va avtostop bilan sayohat qilish xavfliligidan shikoyat qiladilar.
3-o‘rinni Hindiston egallagan. Bu yerda havo va suv sifati tobora yomonlashib bormoqda.
Shuningdek, Indoneziya tez-tez yuz beruvchi tabiiy ofatlar va ko‘plab o‘g‘riliklar sababli ham xavfsiz emas deb topilgan. Ro‘yxatning 5-o‘rnini esa Fransiya egalladi. Sayyohlar bu davlatdagi noroziliklar va tartibsizliklardan xavfsiramoqdalar.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
20:05 / 05.05.2025
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025