Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusoboddagi avtobus bekatida ayol kishini 5000 dollarga aldab ketgan shaxs ushlandi
2017 yil 30 noyabrda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida noma'lum shaxs 2-daha hududida joylashgan avtobus bekatida Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida yashovchi N.B. (ayol)ni aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, 5000 AQSh dollarini olib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu jinoyatni sodir etganlikda Yunusobod tumanining 2-dahasida yashovchi F.T. aniqlanib ushlangan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025