Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a'zosi xorij klubi bilan shartnoma imzoladi
Mavsumlar oralig‘ida O‘zbekiston milliy jamoasiga nomzod bir qancha futbolchilar xorij klubi safiga o‘tib, legionerga aylanishdi. O‘FA sayti ular haqida ma'lumot berdi.
Ikrom Aliboyev - «Lokomotiv» - «Seul» (Janubiy Koreya)

Ikrom Aliboyev Toshkentning «Lokomotiv» klubida ajoyib mavsum o‘tkazdi. Uning Osiyo chempionlar ligasida BAAning «Al-Vahda» jamoasiga maydon markazidan urgan goli turning eng chiroyli goli sifatida e'tirof etildi. Keyin Aliboyev yozda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida ham o‘zini ko‘rsata oldi. U musobaqaning chorak finalida Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda dublga erishdi. Aynan mana shu o‘yindagi harakatlari Koreyaning «Seul» klubi rahbariyatida ijobiy taassurot qoldirgan shekilli, ular Aliboyevga shartnoma taklif qilishdi. Natijada u o‘tgan yilning 13 dekabr kuni «Seul» jamoasi a'zosiga aylandi. «K-liga» musobaqasiga mart oyida start beriladi. Ikrom Aliboyev jamoasi 3 mart kuni «Poxang Stilers» jamoasiga qarshi o‘yin bilan mavsumni boshlaydi.
Doston Tursunov - «Neftchi» - «Renofa Yamaguchi» (Yaponiya)

O‘tgan yili Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati musobaqasida O‘zbekiston U-23 jamoasining chempionlikka erishishiga katta hissa qo‘shgan futbolchilardan biri, Farg‘onaning «Neftchi» klubi sardori Doston Tursunov o‘tgan yil 17 dekabr kuni Yaponiyaning «Renofa Yamaguchi» klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. «Renofa Yamaguchi» Yaponiya ikkinchi divizioni vakili hisoblanadi, u o‘tgan mavsumda 22ta jamoa orasidan 8-o‘rinni egallagan. Yaponiyaning «J2» ligasida yangi mavsum 24 fevralda boshlanadi. Shu kuni «Renofa Yamaguchi» jamoasi «Kashiva Reysol» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Sardor Rashidov - «Lokomotiv» - «Nasonal» (Portugaliya)

O‘zbekiston milliy jamoasi a'zosi, «Lokomotiv» klubi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov endi Portugaliyaning «Nasonal» jamoasi sharafini himoya qiladi. Unga Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA klublaridan takliflar bo‘lganiga qaramay, Yevropa klubida o‘ynashga qaror qildi. «Nasonal» klubi shu yilning 16 yanvar kuni Sardor Rashidov bilan 2,5 yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi. U «Nasonal»da 77-raqamda harakat qiladi. Ayni paytda Portugaliyada 20-tur nihoyasiga yetdi. «Nasonal» klubi «Vitoriya Setubal»ga qarshi maydonga tushib, 0:0 hisobida durang qayd etdi. Rashidov jamoasi 21-turda «Benfika»ga qarshi bahs olib boradi. Hamyurtimiz aynan mana shu o‘yinda debyut o‘yinini o‘tkazishi kutilmoqda.
Ignatiy Nesterov - «Lokomotiv» - «Uhud» (Saudiya Arabistoni)

5-marta Osiyo Kubogida ishtirok etgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchiga aylangan darvozabon Ignatiy Nesterov Saudiya Arabistonining «Uhud» jamoasi bilan 27 yanvar kuni shartnoma imzoladi. Uning qadami omadli kelib, jamoa so‘nggi ikkita o‘yinda g‘alaba qozondi. Shunga qaramay, «Uhud» jamoasi 19ta turdan keyin 12 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining so‘nggi pog‘onasida boryapti.
Rustam Ashurmatov - «Bunyodkor» - «Gvangju» (Janubiy Koreya)

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida Xitoydagi Osiyo chempionatida g‘alaba qozongan «Bunyodkor» a'zosi Rustam Ashurmatov yangi mavsumni Janubiy Koreyaning ikkinchi divizioni vakili «Gvangju» tarkibida boshlaydigan bo‘ldi. «K-liga 2» musobaqasida yangi mavsumga mart oyida start beriladi. Rustam Ashurmatov jamoasi «Seoul E-Land» jamoasiga qarshi o‘yin bilan mavsumni boshlaydi.
Mavzuga oid
11:42 / 21.03.2025
O‘zbekiston Qirg‘izistonni kichik hisobda yengib, mundial sari yana bir qadam tashlagan o‘yindan fotojamlanma
17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi
18:20 / 31.12.2024
Katanets Iordaniyaga qarshi Qatardagi o‘rtoqlik o‘yini uchun tarkibni e’lon qildi
17:58 / 20.12.2024