Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin, Erdo‘g‘on va Ruhoniy Idlibdagi vaziyat hamda AQShning Suriyadan chiqib ketishini muhokama qiladi
Rossiya, Turkiya va Eron prezidentlari Vladimir Putin, Rajab Tayyip Erdo‘g‘on va Hasan Ruhoniy 14 fevralda Sochida bo‘lib o‘tadigan sammitda Idlibdagi vaziyat, siyosiy jarayon va Suriyadan AQSh qo‘shinlarining olib chiqib ketilishini muhokama qiladi. Bu haqda Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Vershinin ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kun tartibidagi muhokamalardan u yerda barqarorlikni ta'minlash, terrorizmga qarshi kurashish va Suriya hududiga terrorchi to‘dalarni kiritmaslik mavzulari o‘rin olgan.
"Albatta, uchrashuvda mamlakatning urushdan keyingi rivojlanishi va siyosiy jarayon ham muhokama qilinadi. Biz shuningdek, suriyalik qochoqlarning o‘z uylariga qaytishlari bilan bog‘liq dolzarb muammo haqida ham so‘z yuritamiz. Bu jarayon hammaga ham yoqmayotgan bo‘lsa-da, davom etmoqda", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025