Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish sohasi bo‘yicha chet el tajribasini o‘rganish uchun xorijga ishchi guruhlari yuboriladi
2019 yilning 11-24 fevral kunlari kurilish sohasi bo‘yicha chet el tajribasini o‘rganish yuzasidan tashkil etilgan ishchi guruhlar Rossiya, Belarus, Turkiya va Ozarboyjonga yuboriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishida aytilgan.
Qayd etilishicha, ishchi guruhlar qurilish sohasining bugungi ahvolini, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob berishi masalalarini kompleks o‘rganish maqsadida yuqoridagi davlatlarga yuboriladi va xizmat safari doirasida mutasaddi tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ishchi guruhlar zimmasiga Rossiya, Belarus, Turkiya va Ozarboyjonning qurilish sohasidagi tajribasini o‘rganish va xizmat safari yakunlari bo‘yicha ularni mamlakatimizda amalga oshiriladigan loyihalashtirish va qurilish ishlariga tatbiq etish yuzasidan tegishli takliflarni kiritish vazifasi yuklandi.
Mavzuga oid
14:08 / 08.02.2023
Namanganda idoralararo ishchi guruh prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlamoqda
21:15 / 26.08.2022
Eksperimentdan keyingi Toshkent: Avtoturargoh o‘rnida biznes markaz, mahalla guzari o‘rnida ko‘pqavat uylar
16:47 / 01.06.2021
Yo‘l harakati sohasidagi muammolarni o‘rganish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzildi
17:37 / 08.09.2020