Sport | 08:22 / 08.02.2019
20331
1 daqiqa o‘qiladi

Samolyot qulagan joydan topilgan jasad futbolchi Salaniki ekani tasdiqlandi

Foto: Stephane Mahe / Reuters

La-Mansh bo‘g‘ozida Piper PA-46 Malibu samolyoti halokatga uchragan joyda topilgan jasad “Kardiff Siti”ning yangi o‘yinchisi Emiliano Salaga tegishli ekani aniqlandi. Bu haqda Britaniyaning Dorset grafligi politsiya boshqarmasi ma'lum qildi.

“Bugun 7 fevralda Portlendga yetkazilgan jasad Dorset koroneri tomonidan professional futbolchi Emiliano Salaniki ekanligi qayd qilindi”, deyilgan xabarda.

Jasad aniqlangani 4 fevralda ma'lum qilingandi.

Bortida futbolchi bo‘lgan samolyot Fransiyadan Buyuk Britaniyaga 22 yanvarga o‘tar kechasi uchgan. Parvoz vaqtida futbolchi samolyotning holatidan tashvish bildirib, do‘stlariga audioxabarlar jo‘natgan. U xabarida falokatga uchrashi mumkinligidan xavotir bildirgan. Samolyotni uchuvchi Devid Aybbotson boshqargan. Keyinroq esa uchuvchining yo‘lovchilarni tashish uchun litsenziyasi bo‘lmagani aniqlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid