Jamiyat | 17:25 / 09.02.2019
11506
4 daqiqa o‘qiladi

Dardga chalingan Abdulloh yaxshilar yordamiga muhtoj

Sog‘liq eng katta boylik deyishadi. Albatta, inson hayotidagi barcha orzu-maqsadlariga sog‘liq orqali erishadi. Yaxshi niyatlar bilan farzand tarbiyalab, uni voyaga yetkazadi. Farzandi biron dardga chalingan inson borki, Allohdan unga shifo tilab, umid bilan yashaydi. 

Xabaringiz bor, Kun.uz tahririyati muntazam tarzda ko‘makka muhtoj bemorlar uchun xayriya aksiyalarini o‘tkazib kelmoqda. Bugun ana shunday yordamga muhtoj bemor yurtdoshlarimizdan biri Toshkent shahri Olmazor tumanida yashab kelmoqda. 2006 yil tug‘ilgan Abdulloh Abdullayevga shifokorlar tomonidan oqqon tashxisi qo‘yilgan. Beg‘ubor bolalikning eng shirin damlarini Abdulloh og‘ir dard bilan o‘tkazmoqda. U oqqon xastaligiga chalinganligidan o‘zi bexabar. Ota-onasining murojaatidan keyin ijodiy guruhimiz bilan Abdullohning yoniga bordik. Bemor bolajon va yaqinlari bilan suhbatlashdik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Onasining so‘zlariga ko‘ra, Abdulloh hali bu dardga chalinganligini o‘zi bilmaydi. Yolg‘iz o‘g‘limiz, ko‘zimizning oq-u qorasi Abdulloh. Bor kuchimiz bilan harakat qilyapmiz. Lekin ilik ko‘chirish operatsiyasiga katta miqdorda pul ketar ekan. Uyimizni ham sotmoqchimiz. Lekin shunda ham yetmaydi. Shuning uchun xalqimizdan yordam so‘rashga majbur bo‘ldik. Hech kimni boshiga bunday dard tushmasin. Hozir yaxshi insonlarning ko‘magiga muhtojmiz. Iltimos yordam beringlar, – deydi Abdullohning onasi.

Abdulloh bilan suhbatlashganimizda uni yashashga bo‘lgan muhabbatini his qildik. U judayam aqlli, maktabda ham a'lochi bola ekan. Katta bo‘lsa uchuvchi bo‘lmoqchi. Orzulari osmon Abdullohning bu sinovdan o‘tishiga ishonamiz.

Azizlar, bugun Abdulloh sizlarning ko‘magingizga, mehringizga muhtoj. Uni bu dard bilan yolg‘iz tashlab qo‘ymaylik. Hammamiz imkonimiz boricha, qo‘limizdan kelgunicha moddiy va ma'naviy qo‘llab quvvatlaylik. Zero, sizning yordamingiz bilan bir oilaning uyi quvonchga to‘lsa. Savob ilinjida qilgan ehsonlaringizni Alloh dargohida qabul etsin!

Telefon: +99890 134 32 61 – Sevara Abdullayeva (onasi)

AGROBANK Toshkent shahar filiali

Click/PayMe: 8600 0417 7527 0532– Sayfulla Abdullayev (otasi)

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Rahmatillo Isroilov tayyorladi.


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid