Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guaydo: Rossiya va Xitoy Maduroni emas, balki o‘z investitsiyalarini himoya qilmoqda
Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoning ma'lum qilishicha, Rossiya va Xitoy Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni emas, balki respublikadagi o‘z investitsiyalarini himoya qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Maduro Rossiya va Xitoyga «barqarorlik hamda kafolatlarni» taklif qila olmaydi.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Venesuela muxolifati respublikada barqarorlik bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Guaydoning ta'kidlashicha, Moskva va Pekin «haqiqatdan ham» Maduro tarafida ekaniga ishonmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maduroga Rossiyadagi do‘stlari yoniga jo‘nab ketish taklif qilingandi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025