Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiya TIV vaterpolochilarga hujum qilingani sababli Xorvatiya elchixonasiga nota yo‘lladi
Serbiya tashqi ishlar vazirligi Split shahrida "Tsrvena Zvezda" vaterpol klubi o‘yinchilariga hujum qilingani munosabati bilan Xorvatiya elchixonasiga diplomatik nota yo‘lladi. Bu haqda Serbiya tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
"Serbiya tashqi ishlar vazirligi Xorvatiya Respublikasi elchixonasiga norozilik notasi yo‘lladi", - deyiladi xabarda.
Vazirlik shuningdek, voqeadan "chuqur tashvish"da ekanligini bildirgan.
Slobodna Dalmacija portalining xabar berishicha, "Tsrvena Zvezda"ning uch o‘yinchisi Split shahrida mahalliy "Mornar" jamoasi bilan o‘yin oldidan qahvaxonada hujumga uchragan. Sportchilar o‘z klublari libosida bo‘lgan va qahvaxona ofitsiantining g‘azabiga uchrashgan. Ular qahvaxonadan chiqib ketmoqchi bo‘lishganida bir guruh kishilar vaterpolochilarni armatura va to‘qmoqlar bilan savalashgan.
Natijada o‘yin bekor qilingan.
Mavzuga oid
14:23 / 23.05.2025
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak
20:35 / 07.05.2025
Moskvaga kelayotgan Serbiya prezidenti dronlar tufayli Bokuga qo‘nishga majbur bo‘ldi
01:17 / 07.05.2025
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi
16:03 / 17.04.2025