O‘zbekiston | 09:01 / 13.02.2019
3357
2 daqiqa o‘qiladi

Auditorlik faoliyatini litsenziyalash soddalashtiriladi

Foto: Pinterest

Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Dasturga ko‘ra, “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

auditorlik faoliyatini litsenziyalash jarayonini soddalashtirish;

xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda auditorlarni sertifikatlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazoratini amalga oshirish bo‘yicha zamonaviy va samarali monitoring tizimini rivojlantirish; 

xalqaro audit standartlarini qo‘llash; 

har yili auditorlik tekshiruvidan o‘tishi shart bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega korxonalarni aniqlash.

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochilar - Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil 1 iyul, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil 1 avgust.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid