Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada prezident nutqidan keyin yuz bergan tiqilinchda 14 kishi halok bo‘ldi
Nigeriyaning Rivers shtatida mamlakat prezidenti Muhammadu Buxoriyning saylovoldi nutqidan keyin yuz bergan tiqilinchda kamida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Vanguard nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, prezidentning saylovoldi mitingi Port-Xarkort shahridagi stadionda o‘tgan. Tiqilinch Buxoriy stadionni tark etgandan keyin boshlangan. Qurbonlarning ko‘pchiligi odamlar yopiq darvozalar orqali kuch bilan o‘tib ketmoqchi bo‘lganda oyoqlar ostida toptalib tashlangan.
“Men 14 qurbonni tasdiqlashim mumkin. Raqamlar o‘zgarishi mumkin. Qolgan jarohatlanganlar ortidan shifokorlar kuzatuv olib bormoqda”, deb aytgan Port-Xarkortdagi shifoxona vakili.
Nigeriyada milliy assambleya va prezident saylovlari 16 fevralda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
16:16 / 16.02.2025
Hindistondagi vokzalda tiqilinch yuz berdi. Kamida 18 kishi halok bo‘ldi
13:23 / 27.01.2025