Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Venesuela muxolifati bilan muzokaralarga kirishdi
Xitoy Venesuela muxolifati bilan aloqa o‘rnatishga kirishdi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Pekin Bolivar respublikasidagi o‘z investitsiyalari taqdiridan tashvishda hamda o‘zini prezident sifatida e'lon qilgan Xuan Guaydoning lageri bilan vaziyatni muhokama qilish uchun diplomatlarni jo‘natgan. Aniqlik kiritilishicha, Xitoy Venesuela iqtisodiyotiga qariyb 20 milliard dollar sarmoya kiritgan.
Gazeta so‘rovdan o‘tkazgan ekspertlarning bildirishicha, Xitoy hokimiyat almashishi xavfini yaxshi tushunmoqda va Karakasdagi yangi hukumat uchun «yomon tomonda» bo‘lishni istamayapti. Shunga qaramay, Pekin barqarorlikni qo‘llab-quvvatlamoqda, u tuxum donalarini savatchalarga qo‘yish vaqti kelganini yaxshi anglamoqda, deya ma'lum qildi tahlilchilardan biri.
XXR Tashqi ishlar vazirligi nashr talabiga javob qaytarmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh kompaniyasi Venesueladan 500 mln dollar talab qilgandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025