Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela muxolifati Maduroni bir kunda to‘ntarib tashlamoqchi bo‘lgan – WSJ
Venesuela muxolifati AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlov olgandan keyin mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni shiddat bilan to‘ntarib tashlashni rejalashtirgan. Bu haqda amerikalik sobiq amaldorga iqtibos keltirgan holda Wall Street Journal nashri xabar berdi.
Nashr suhbatdoshining ta'kidlashicha, “karakaslik odamlar” to‘ntaruv rejasini Vashingtonga pullashgan va muxolifatchi Xuan Guaydo tashqaridan qo‘llab-quvvatlov olib, harakatni boshlagandan keyin harbiylar u tomonga o‘tishlariga va'da berishgan.
“Ular bu 24 soatlik operatsiya bo‘ladi, deb o‘ylashgan”, deb qo‘shimcha qilgan manba.
Avvalroq nashr Guaydo o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilishdan oldingi tunda telefon orqali AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens bilan gaplashganini ma'lum qilgan. Pens Guaydoga Maduro bilan kurashda ko‘mak ko‘rsatishga va'da bergan. “Tungi qo‘ng‘iroq rejaga start bergan”, deb ta'kidlab o‘tdi nashr.
Guaydo 23 yanvarda o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgandi. O‘shandan beri mamlakatda siyosiy inqiroz davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025