Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook jurnalistikaga 300 mln dollar investitsiya kiritadi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i mahalliy jurnalistik dasturlar, xususan yangiliklar loyihalari, hamkorlik aloqalari va kontentni rivojlantirishga 300 million dollar investitsiya kiritadi. Mablag‘lar nodavlat jurnalistik tashkilotlarni moliyalashtirish hamda mahalliy yangiliklar nashrlari uchun grantlarga yo‘naltiriladi, deya xabar beradi CNN.
Manbada ta'kidlanishicha, Facebook Pulitser markazi va Report for America jurnalistik tashkilotlari, shuningdek mahalliy yangiliklar nashrlarini moliyalashtiradi.
“Nashrlar faoliyati bizga bog‘liq bo‘lishini istamaymiz, biz ularni qo‘llab-quvvatlamoqchimiz”, - dedi Facebook’ning axborot hamkorligi masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Kempbell Braun.
Uning so‘zlariga ko‘ra, media-sanoat rivojlanishning yangi bosqichini boshidan kechirmoqda va “jurnalistikaning kelajagi qanday bo‘lishini hech kim bilmaydi, biroq Facebook o‘z investitsiyalari bilan bu masala yechimiga hissa qo‘shmoqchi”.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025