Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda harbiylarga hujum qurbonlari soni 42 nafarga yetdi
Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida harbiy avtokolonnaga amalga oshirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 42 nafarga yetdi. Bu haqda India Today nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, terrorchi-xudkush Jammu shahridan Shrinagarga yo‘l olayotagan 78 ta transport vositasidan iborat avtokolonna yonida 350 kg portlovchi modda ortilgan avtomobilni portlatgan. Avtokolonna 2,5 mingdan ko‘proq harbiyni olib ketayotgan bo‘lgan. Bomba ichida 42 kishi bo‘lgan avtobuslardan biri yaqinida portlagan.
“Men bu pastkash hujumni qat'iyan qoralayman. Bu qurbonlar bejizga bo‘lmasligi lozim. Butun millat halok bo‘lganlar oilalari blan yelkama-yelka turibdi. Barcha jabrlanganlar tezroq tuzalib ketishlarini tilayman”, deb aytgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi.
Hujum uchun javobgarlikni “Jaysh-a-Muhammad” guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025