Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro AQSh bilan maxfiy uchrashuvlar haqida ma'lum qildi, Bolton «oqibatlar» bo‘yicha ogohlantirdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma'lum qilishicha, Venesuela TIV rahbari Xorxe Arreasa AQShning Venesuela bo‘yicha maxsus elchisi Elliot Abrams bilan ikki marta Nyu-Yorkda maxfiy tarzda uchrashgan. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, ikkita uchrashuvdan ikkinchisi 11 fevral kuni - Abrams «Maduro bilan muloqot qilish vaqti o‘tib ketgani» haqida ma'lum qilgani, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati esa Maduroni ag‘darib tashlashga bo‘lgan urinishni ochiq qo‘llab-quvvatlaganidan so‘ng to‘rt kun o‘tib ro‘y bergan.
Venesuela prezidentining aytishicha, Nyu-Yorkdagi muzokaralar davomida Arreasa Abramsni «shaxsiy, ochiq yoki maxfiy tarzda» Lotin Amerikasi mamlakatiga tashrif buyurishga taklif qilgan.
«Agar u uchrashish niyatida bo‘lsa, unda menga qachon, qayerda va qanday uchrashmoqchi ekanini aytsin, men o‘sha yerda bo‘laman», - deya ma'lum qildi Maduro.
Bundan tashqari, Venesuela yetakchisi yana bir bor hokimiyatdan voz kechish niyatida emasligini qayd etib o‘tdi.
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton ma'lum qilishicha, muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoni Venesuela rahbari sifatida tan olmayotganlar vaqti kelib «oqibatlarga» duch keladi. Bu haqida u tvitterdagi sahifasida yozgan.
«Venesuela demokratik institutlarini yo‘q qilib tashlash uchun Maduro bilan til biriktirayotganlar bundan keyin ham oqibatlarga duch kelishda davom etadilar», - deya ogohlantirdi Bolton.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kolumbiya prezidenti Venesuela bo‘yicha bayonot bergandi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025