O‘zbekiston | 10:48 / 15.02.2019
12353
3 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekenergo»: yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda 

Foto: O‘zbekenergo Matbuot xizmati

Prezidentning 2017 yil 21 fevraldagi “Farg‘ona issiqlik elektr markazi hududi va Farg‘ona shahar RK-3 qozonxonasi yonida yuqori samarali kogeneratsion gaz turbina texnologiyalarini tatbiq etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Yaponiyaning “Kawasaki heavy Industries” va “Marubeni Utility Services” kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 24 MVTga teng 2 ta investitsion loyiha amalga oshirilmoqda. 

“O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, mazkur loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad Farg‘ona issiqlik elektr markazi hududida 1 ta 17 MVT quvvatga teng bo‘lgan hamda Farg‘ona shahar RK-3 qozonxonasida 1 ta 7 MVT quvvatga ega yuqori samarali kogeneratsion gaz qurilmalarini qurish, qolaversa, yiliga 194,24 mln.kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarish, 214,5 ming Gkall issiqlik energiyasini yetkazib berish, Farg‘ona shahrini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta'minlash hamda elektr energiyasidan bo‘lgan tanqislikni qisqartirish, atmosferaga chiqayotgan zararli chiqindilarning ta'sirini kamaytirish va yoqilg‘i energetika resurslarini tejash ko‘zda tutilgan.

Gaz turbina qurilmasining texnik ko‘rsatkichlari

Xarakteristika

O‘lchov birligi

Turbina modeli

M7A-03 (RK-3)

L-20A

(Farg‘ona IEM)

Elektr energiyasi quvvati

MVT

7,8

18,42

Issiqlik energiyasi quvvati

Gkal/s

9,4

23,0

Gaz sarfi

m3/soat

2325

5427

Elektr energiyasidan FIK

%

33,6

34,2

Umumiy FIK

%

83,2

84,0

NOx (O2 :15%)

(ppm)

15

15

Farg‘ona issiqlik elektr markazining o‘rnatilgan elektr energiya ishlab chiqarish quvvati 305 MVTga, o‘rnatilgan issiqlik quvvati bug‘ (par) bo‘yicha 1421 Gkal/soat, o‘rnatilgan issiq suv bo‘yicha quvvati esa 120 Gkal/soatni tashkil qiladi. Jamiyatda bugungi kunda bug‘ ishlab chiqaruvchi 6 ta qozon agregati, 6 ta turbogenerator va 9 ta kuch transformatorlari mavjud. Yoqilg‘i sifatida tabiiy gaz va mazutdan foydalaniladi.

Hozirda Farg‘ona issiqlik elektr markazi yagona O‘rta Osiyo energo tizimiga kiradi. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasi to‘rtta 110 kVt sistemali havo liniyalari orqali uzatiladi.

Jamiyat tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasining asosiy iste'molchilari (bug‘ tariqasida) “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”, “Farg’onaazot” va “Farg‘onayog‘moy” AJlar hisoblanadi. Bundan tashqari kuz-qish mavsumida “Kirguli issiqlik manbai” orqali aholi issiq suv bilan ham ta'minlab kelinadi.

Ushbu loyiha amalga oshirilgach, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan obektlarda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid