Putin dzyudochilar bilan mashg‘ulot vaqtida barmog‘ini shikastlab oldi

Foto: skrenshot
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochidagi sport tayyorgarligi markazi “Yug-sport”dagi mashg‘ulotda o‘ng qo‘li barmog‘ini shikastlab oldi.
Putin markazni ko‘zdan kechirgan, boks, dzyudo va erkin kurash bo‘yicha Rossiya terma jamoasi vakillari bilan qisqacha suhbatlashib, dzyudo mashg‘ulotida ishtirok etgan.
Biroq mashg‘ulot vaqtida, Putin otish mashqini bajarayotganda barmog‘i shikastlangan. Shu sabab Rossiya rahbariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ushbu majmua 3 yildan beri mavjud bo‘lib, 100 dan ko‘proq musobaqalarni qabul qilgan. Majmuada sportning qishki va yozgi 54 turi bo‘yicha sportchilarni tayyorlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Mavzuga oid

09:25 / 02.04.2025
Berbok Putindan o‘t ochishni so‘zsiz to‘xtatishni talab qildi

22:39 / 01.04.2025
Putin gubernatorlar maoshini keskin oshirdi

09:25 / 01.04.2025
Tramp: Putin o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni bajaradi

20:11 / 31.03.2025