Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent davlat stomatologiya instituti mutaxassislarni tayyorlash sohasida ikkinchi bor xalqaro darajada tan olindi
Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya universiteti tomonidan o‘tkaziladigan ButunRossiya stomatolog talabalar olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Institutning 5-kurs talabasi Sardor Xaytmetov olimpiadaning mutlaq g‘olibi bo‘lgan bo‘lsa, Farruh Mingboyev va Boburjon Hamidov ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi.
Joriy yilda tashkil etilgan olimpiadada MDH davlatlarining 45 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdi.
2017 yilda o‘tkazilgan olimpiadada ham 50 ga yaqin oliy o‘quv yurtlari orasida Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari chempion bo‘lishgan edi.
Shu tariqa Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘tgan uch yil ichida stomatologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlashda ikkinchi bor xalqaro darajada tan olindi.
Mavzuga oid
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
16:56 / 11.11.2024
Toshkentlik o‘qituvchi olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashgan o‘quvchilari uchun 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
18:03 / 09.09.2024
“Parij olimpiadasi men uchun qiyin kechdi” – Ulug‘bek Rashitov
11:49 / 05.09.2024