Fermer xo‘jaliklari uchun mobil ilova ishlab chiqildi
Toshkent shahridagi Inha universiteti professorlari Jasurbek Xo‘jayev va Sarvar Abdullayev fermer xo‘jaliklari yetishtirayotgan o‘simliklar, kasallik va zararkunandalar xronologiyasi haqidagi ma'lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan mobil ilovani ishlab chiqdi.
Farg‘ona vodiysi fermerlari o‘rtasida o‘tkazilgan izlanishlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashda odamlar kimyoviy ishlov berish usulini ma'qul ko‘rishi ma'lum bo‘ldi. Bu ekologiya va insonlar salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.
Qopqonlar va mini-meteostansiyalarning joriy qilinishi tumandagi har bir fuqaroga o‘simliklar profilaktikasi va himoyasi, agrotexnik choralarni o‘z vaqtida va samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar aks etgan SMS-xabarnomalarni olishiga imkon beradi.
Feromon qopqonlar foydalanuvchilarining qariyb 40 foizi zararkunandalarning kamaygani, 38 foizi kimyoviy preparatlarni qo‘llashni kamaytirgani hamda 90 foizdan ziyodrog‘i kelgusida himoya qilishning biologik usullaridan foydalanishi ta'kidlagan.
Professorlar AT va qishloq xo‘jaligini birlashtirish yo‘li bilan O‘zbekistonda yuqori darajali aniq dehqonchilikni ta'minlash uchun yuqori texnologik yechimni ishlab chiqishdi va tatbiq etishdi.
Mavzuga oid
08:10
3,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
08:10 / 20.11.2024
Salkam 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
11:10 / 02.11.2024
Fermer xo‘jaligi 382 mln so‘mlik qum-shag‘al aralashmasini qazib olgani aniqlandi
14:56 / 08.07.2023