Sport | 14:12 / 16.02.2019
7351
1 daqiqa o‘qiladi

Infantino JCh-2022da 48 jamoa ishtirok etishiga ishonch bildirmoqda

Foto: FOX Spors Asia

13-15 fevral kuni Istanbulda  47 ta futbol federatsiyasi prezidenti va rahbarlari ishtirokidagi FIFA sammiti bo‘lib o‘tdi. FIFA prezidenti Janni Infantino sammit yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida JCh-2022da ishtirokchi jamoalar sonini 32tadan 48taga oshirish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

«Bu masalaga optimistik qarayapman. Bu oson kechishi mumkinmi? Ochig‘ini aytaman, osonlikcha hal bo‘lmaydi», – degan Infantinodan iqtibos keltirmoqda L’Equipe.

Qatar turnirni 32 jamoa ishtirokida o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Agar qatnashchilar soni oshirilsa, u holda JChni mintaqaning boshqa davlatlarida ham o‘tkazish zarurati paydo bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 48 terma jamoa ishtirokidagi ilk mundial 2026 yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tishi tasdiqlangan edi.

Mavzuga oid