Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Shimoliy Koreya yashirin tarzda yadro dasturini rivojlantirmoqda deb hisoblamoqda
Shimoliy Koreya aeroportlar va boshqa fuqarolik obektlarini qo‘llagan holda, yadro va raketa dasturini rivojlantirishni davom ettirmoqla. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashining ekspret komissiyasi dokladi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda “Kiodo” axborot agentligi xabar berdi.
“Ekspert komissiyasi Shimoliy Koreya halokatli zarbalarning oldini olish maqsadida fuqarolik obektlari, jumladan aeroportlardan ballistik raketalarni yig‘ish va sinash uchun foydalanayotganini o‘rnatdi”, deb aytilgan xabarda. Ta'kidlanishicha, doklad keyinroq e'lon qilinadi.
Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘llanilayotgan obektlar transport tugunlari yoki yirik avtomobil yo‘llari yaqinida joylashgan.
Bundan tashqari, hujjatda Yonbyondagi yadro obekti ishini davom ettirayotgani ta'kidlab o‘tilgan.
Shimoliy Koreya 2018 yil sentyabrda o‘tgan uchinchi Koreyalararo sammitida Tonchxannidagi raketa poligonini (Soxe kosmodromi) yopishga va Yonbyondagi yadro obektlarini to‘liq demontaj qilishga va'da bergan. Avvalroq Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik Yonbyondagi yadro markazi faoliyati davom etayotganini, biroq agentlik obektga kirmasdan bu ishning xarakteri va maqsadini tasdiqlay olmasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025