VAR yana mojaro markazida. A Seriyada gol bekor qilinib, gol urgan jamoa darvozasiga penalti belgilandi

A Seriyaning 24-turidagi SPAL – «Fiorentina» o‘yini (1:4) VAR tizimi atrofidagi yana bir mojaroli vaziyat bilan yodda qoladigan bo‘ldi.
O‘yinning 74-daqiqasida SPAL gol urib, 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Ammo VAR referisi bosh hakam Luka Perottoga murojaat qilib, uni videotakrorni kuzatishga chaqirdi. To‘p kiritilishida hech qanday qoidabuzarlik bo‘lmagani ayon edi, ammo hakam mezbonlar gol bilan yakun topgan qarshi hujumga o‘tishdan oldin o‘z jarima maydonlarida fol ishlatishganini qayd etdi va golni bekor qilib, SPAL darvozasiga penalti belgiladi. Mehmonlar a'zosi 11 metrlik nuqtada adashishmadi va tablodagi 2:1 hisobi o‘rnini 1:2 egalladi.
天国から地獄。SPALの勝ち越しゴールかと思いきやその前のDFのチェックがVARになりフィオレンティーナがPK獲得→逆転!#SPAL #フィオレンティーナ #セリエA pic.twitter.com/VSiwSYKRrO
— Footidiota (@footidiota) 17 fevralya 2019 g.
Yetti daqiqa ichida quyidagicha voqealar rivoji kuzatildi:
72:45. SPAL futbolchisi o‘z jarima maydonida qoidani buzdi.
73:20. SPAL qarshi hujumni gol bilan yakunladi.
74:55. Hakam VAR`ga murojaat qildi.
76:35. Hakam mezbonlar golini bekor qilib, ular darvozasiga penalti belgiladi.
78:16. «Fiorentina» futbolchisi penaltidan gol urdi.
Mehmonlar ushbu goldan so‘ng yana ikkita to‘p kiritib, yakunda 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

16:15 / 20.12.2022
Grizmanning bekor qilingan goli, Messining Polsha bilan o‘yindagi penaltisi - JCh-2022da VAR'ning 10ta eng bahsli qarori

23:10 / 18.11.2022
FIFA Qatardagi jahon chempionatida VAR tezroq qaror chiqarishiga va’da bermoqda

01:53 / 23.08.2021
A Seriya. «Roma» va «Napoli» chempionatni g‘alaba bilan boshladi, Shomurodovda assist

20:13 / 03.04.2021