Jamiyat | 14:29 / 18.02.2019
8390
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda “Umid va ishonch ko‘prigi” oshkora va bepul telefon tarmoqlari ishga tushirildi  

Foto: Andijon IIB matbuot xizmati

Andijon viloyatining Bo‘z tumanida aholi va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘rganish  uchun o‘zgacha qulaylik yaratildi. Tumanning 4 ta sektor hududi -  G‘olib, Guliston, Pillakor, Guzar  MFY o‘ramlarida “Umid ishonch ko‘prigi” oshkora va bepul telefon tarmoqlari  ishga tushirildi, deb xabar berdi Andijon IIB matbuot xizmati.

Foto: Andijon IIB matbuot xizmati

Tizim orqali fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar borasida sektor rahbarlariga hamda tumandagi boshqa tashkilot mutasaddilariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon orqali murojaat qilishlari mumkin. 

Foto: Andijon IIB matbuot xizmati

Mazkur telefon tarmoqlari 24 soat mobaynida ish faoliyatida bo‘lib, fuqarolarning mutasaddilar qabul kunlarini kutmasdan murojaat qilishlariga imkoniyat yaratdi.  Ushbu maskanlarda viloyat va tumanda faoliyat yurituvchi barcha tashkilotlarning aloqa uchun kerakli bo‘lgan ma'lumoti jamlangan.   

Foto: Andijon IIB matbuot xizmati

Qayd etish joizki, tumanda 70 ming nafarga yaqin aholidan tarkib topgan 25 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud  bo‘lib,  hududda aholi punktlari bir biridan tarqoq va markazdan uzoqda joylashgan. 

Foto: Andijon IIB matbuot xizmati

Mavzuga oid