Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya Respublikasi O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlarni rivojlantirish uchun investitsiya kiritadi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Koreya Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Akademiya matbuot xizmatining Kun.uz'ga xabar berishicha, unda ikki tomon o‘zaro madaniy meros obektlarini konservatsiya qilishga oid tajriba almashish, ularni saqlash, arxeologiya sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.
Shuningdek, Koreya Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi vakillari o‘zbek olimlari bilan birgalikda arxeologik tadqiqotlar olib borish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar institutida arxeologik izlanishlar natijalarini saqlash va himoya qilish bo‘yicha ilmiy laboratoriyalar holatini yaxshilash, o‘zbek mutaxassislarini Koreyada, koreys mutaxassislarini O‘zbekistonda o‘qitish uchun katta miqdordagi sarmoya ajratish niyatida ekanini bildirishdi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, tomonlar o‘zaro hamkorlikka oid memorandumni imzolashga kelishishdi. Mazkur bitim O‘zbekistondagi moddiy va nomoddiy merosni qayta ishlash, saqlash, shu yo‘nalishdagi ikki davlat ilmiy tadqiqot muassasasi hamda muzeylari hamkorligi, ko‘rgazmalar va konferensiyalar o‘tkazilishini ko‘zda tutadi. Hujjat joriy yilning aprel oyida imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
18:08 / 17.10.2024
O‘zboshimchalik 6,5 yil qamoq va qariyb 7 mlrd so‘mga tushdi
23:37 / 14.09.2024
Olimlar 50 ming yil g‘orda izolyatsiyada yashagan neandertallar qoldiqlarini topdi
11:37 / 17.08.2024