Fan-texnika | 19:56 / 19.02.2019
10950
1 daqiqa o‘qiladi

Arab jamg‘armasi Aurus’ning 36 foiz aksiyasini sotib oldi

Foto: car.ru

Aurus markasi ishlab chiqaruvchilari kompaniyaning 36 foiz aksiyasi BAAda joylashgan Tawazun investitsiya jamg‘armasiga sotilganini e'lon qilishdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Aurus sedani va yo‘ltanlamasi BAA transport bozorida paydo bo‘lgach, katta talabga ega bo‘ladi. Joriy fevraldan mashinalarga buyurtma berish mumkin bo‘ladi. 

Tawazun rahbarlari mashinalar ishlab chiqarilishiga 3 yil ichida 110 mln yevro mablag‘ tikib, Aurus’ning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi distribyutoriga aylanishmoqchi. Texnik nuqtai nazardan, ushbu avtomobillar boshqalaridan yuqori ko‘rsatkichlar bilan ajralib turadi. 

Mashina negizida Rossiyaning birinchi shaxslari buyurtmasi bilan ishlab chiqilgan “Kortej” loyihasi yotadi. Mashinalar narxi 10-12 mln rubldan boshlanadi. Xaridorlar qo‘shimcha haq uchun qo‘shimcha opsiyalarni buyurtirishlari mumkin bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, ilk mashinalarni Rossiya prezidenti garaji oladi.  

Mavzuga oid