Sport | 19:40 / 19.02.2019
5548
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi prezidenti Kontinental xokkey ligasi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

19 fevral kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi (O‘XF) prezidenti Baxtiyor Fozilov hamda uning o‘rinbosari Kirill Matveyev Kontinental xokkey ligasi (KXL) boshqaruvi raisi Dmitriy Chernishenko bilan uchrashdi. O‘XF matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, tomonlar O‘zbekistonda xokkeyni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishgan. Muloqot dolzarbligi O‘zbekistonda sportning bu turini tiklash va ommalashtirishga doir yangi imkoniyatlar bilan belgilandi. 

Dmitriy Chernishenko

Toshkent shahrida qad ko‘tarayotgan "Xumo Arena" birinchi professional muz saroyi qurilishi - tugash bosqichida, shuningdek O‘zbekistonning viloyatlarida zamonaviy muz maydonlarini qurishga oid loyihalarga start berilmoqda. Aslida bu va boshqa tashabbuslar, qarorlar eng yuqori darajada professional yondashuvlarni, ilg‘or, xalqaro tajribalar, xususan bugungi kunda xokkey - sportning dinamik rivojlanayotgan turi hisoblangan Rossiya tajribasini hisobga olishni talab qiladi. 

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakatdagi bazaviy tashkilotlarining hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Shuningdek o‘zaro hamkorlik mexanizmlari, yangi muz saroyi arenasida Rossiya professional sportchilari ishtirokida musobaqalar o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 

Uchrashuv ishtirokchilari sportning eng mashhur turlaridan birini rivojlantirishga doir dinamik jarayonlar O‘zbekistonga xalqaro xokkey xaritasidan munosib o‘rin egallash imkonini berishiga ishonch bildirishdi. 

Mavzuga oid