AQShda maktab o‘quvchisi Washington Post gazetasidan tuhmat uchun 250 mln dollar to‘lov talab qilmoqda
AQShning Kentukki shtatilik maktab o‘quvchisi Nikolas Sandman Washington Post gazetasida chop etilgan maqola tuhmat ekanligini iddao qilib gazetadan 250 mln dollar talab qilmoqda. Uning manfaatini himoya qiluvchi advokatlik byurosining bildirishicha, maqolada go‘yoki Sandman Vashingtonda bo‘lib o‘tgan namoyishda namoyishchilardan biri bilan janjal chiqarishga uringanligi yozilgan.
Voqea 18 yanvarda, Sandman va uning sinfdoshlari ishtirok etgan abortlarga qarshi mitingda sodir bo‘lgan. Gazetada chop etilgan fotosuratda Sandman doira chalib qo‘shiq aytayotgan amerikalik hindu Neytan Filips bilan yuzma-yuz turgani aks etgan. Fotosurat ostidagi yozuvda aynan Sandman Filipsga nisbatan o‘zini tajovuzkorona tutib, irqchilik kayfiyatini namoyish etgani aytilgan.
Filipsning aytishicha, Sanders do‘stlari bilan "Devor quramiz" deb qichqirgan. Sandman esa barcha ayblovlarni rad etmoqda va Filips ataylabdan uning yonidan baland ovozda qo‘shiq aytgani hamda Sandman va uning do‘stlari qichqirishgani birorta ham videoyozuvda qayd etilmaganini aytmoqda.
Da'vo arizasida gazeta maktab o‘quvchisiga tuhmat qilganligi bayon etilgan.
"Nikolasga yetkazilgan zararni to‘liq qoplash va gazetaga hech qachon esidan chiqmaydigan saboq va jazo berish uchun 250 million dollar miqdorida tovon to‘lanishi talab qilinadi", - deyiladi advokatlik byurosining bayonotida.
Mavzuga oid
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
16:20 / 04.10.2022
Jurnalist ayolga tuhmat qilganlar nega topilmayotgani haqidagi savolga uchta idora javob berolmadi
21:14 / 06.07.2022
Sergey Yejkov sudda Komil Allamjonovdan uzr so‘radi
22:37 / 21.06.2022