O‘zbekiston | 07:52 / 20.02.2019
6120
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat mulki obektlarini sotish bo‘yicha eksperiment muddati uzaytirildi

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

Farmonda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi “Davlat mulki obektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik sub'yektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5552-son farmoniga muvofiq eksperiment tariqasida 444 ta bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obekti 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narx bo‘yicha elektron savdo maydonchasida auksionga chiqarilib, shundan 310 ta obekt 172 milliard so‘m investitsiya kiritish hamda 3 536 ta yangi ish o‘rni yaratish sharti bilan 11,2 milliard so‘mga sotilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi “Davlat mulki obektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik sub'yektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5552-son farmonida belgilangan davlat mulki obektlarini sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish muddatini 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytirish haqidagi taklifi ma'qullandi.

Mavzuga oid