Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huquqiy madaniyatni oshirish faqat davlat organlari ishi emas – Sud ekspertizasi markazi direktori
Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining direktori, yuridik fanlar doktori, professor Xudoyor Mamatov fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi muammo va kamchiliklarni ma'lum qildi.
«Huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta'lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha ta'minlanmagan», – deb yozadi u.
2019 yil 9 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Unda muhim beshta kichik yo‘nalishlar bayon etilgan:
- birinchi yo‘nalish, «Oilada huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish»;
- ikkinchi yo‘nalish, «Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda mahalla institutining rolini kuchaytirish»;
- uchinchi yo‘nalish, «Ta'lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish»;
- to‘rtinchi yo‘nalish, «Davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish»;
- beshinchi yo‘nalish, «Aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish» uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarni belgilab bergan.
Mavzuga oid
19:29 / 06.10.2021
MSK kotibi Xudoyor Mamatov - xorijdagi saylov uchastkalari, tenglik prinsipi va nomzodlar o‘rtasidagi debatlar haqida
21:48 / 17.09.2021
«Ayrim saylov uchastkalarida saylovchilarning elektron hisobini yurituvchi texnologiyalar sinovdan o‘tkaziladi» - MSK
18:53 / 11.02.2021
Saylovlarga tashrif buyuruvchi xalqaro kuzatuvchilarning xarajatlarini qaysi tomon qoplab berishi ma'lum qilindi
17:26 / 11.02.2021