Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Audi e-tron elektrokari tog‘ chang‘isi uchishga mo‘ljallangan yonbag‘irni zabt etdi
Foto: autonews
Germaniyaning Audi avtomobilsozlik kompaniyasi Red Bull poyga jamoasi bilan birga Audi e-tron elektrokarining Avstriyadagi Shtrayf trekidagi tog‘ yonbag‘rini zabt eta olgan maxsus versiyasini tayyorladi. Bu yerda tog‘ yonbag‘ridan chang‘ida tez tushish bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.
Nishabligi 85 foizni (40,4 daraja) tashkil qiluvchi yonbag‘ir yuqorisiga avtomobilni shvetsiyalik poygachi, DTM seriyasining 2 karra g‘olibi va WRX ralli-krossi bo‘yicha jahon chempioni Mattias Ekstrem olib chiqqan. Ushbu jarayon videosi YouTube’da joylashtirilgan.
Ekstremal boshqargan avtomobil Audi e-tron’ning seriyali versiyasidan sezilarli farqlanadi. Mashinaga uchinchi elektromotor o‘rnatilgan, u mashinaning umumiy quvvatini 503 ot kuchiga yetkazgan. Bundan tashqari, elektrokar qiya ko‘tarilishda tortish kuchini taqsimlovchi maxsus dasturiy ta'minot, maxsus tishchali 19 dyuymli g‘ildiraklar va xavfsizlik karkasi bilan jihozlangan.
Audi e-tron Yevropada joriy yanvardan sotuvga chiqdi. Narxi 80 ming dollarni tashkil qiluvchi avtomobil eng past sinfdagi aerodinamik qarshilik koeffitsiyentiga ega.
Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi
01:33 / 05.04.2025