Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada qirilib ketgan deb hisoblangan ulkan ari topildi
Dunyoda eng katta ari hisoblanuvchi Uolles arisi (Megachile pluto) 38 yil ichida ilk bor Indoneziyaning Molukk orollari shimolida topildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, ari avval qirilib ketgan deb hisoblangan. Shimoliy amerikalik va avstraliyalik biologlar tanasi uzunligi 4 smga yetuvchi arining urg‘ochisini daraxtdagi termitnikda aniqlashgan.
Ma'lum qilinishicha, ushbu ulkan arini birinchi bo‘lib britaniyalik tabiatshunos Alfred Uolles 1858 yilda ta'riflab bergan. U “ ariga o‘xshash, bug‘u qo‘ng‘iz kabi katta jag‘ga ega katta qora hasharot” haqida xabar qilgan.
1981 yilda arini amerikalik entomolog Adam Messer aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.
Nashrning ta'kidlashicha, hasharotning yashash muhiti o‘rmonlar kesilishi sababli xavf ostidadir. Bundan tashqari, arining noyobligi va katta o‘lchami uni kolleksionerlar uchun “orzudagi o‘lja”ga aylantiradi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025