Amir Temur ko‘chasida avtomobillar uchun qo‘shimcha qayrilib olish joyi ochildi
Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida avtotransport vositalari uchun qo‘shimcha qayrilib olish joyi ochildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu Toshkent shahar hokimligi, shahar IIB YXXB tashabbusi bilan aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida qilindi.
Ushbu joy Amir Temur ko‘chasi, Moliya instituti binosining asosiy darvozasi oldida ochilgan.
“Yangi qayrilib olish joyining ochilishi, avval mavjud bo‘lgan tirbandliklarning qisman kamaytirish imkonini beradi”, - deyiladi hokimlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avval ham Amir Temur ko‘chasida haydovchilar uchun qo‘shimcha qayrilib olish joyi ochilgandi. Bu ikkinchi shunday yangilik bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar
19:24 / 15.08.2023
Import avtomobillarning faqat rasmiy dilerlar tomonidan sotilishi talabi bekor qilindi
19:06 / 28.07.2023
FVV avtomobilni yong‘indan asrash qoidalari haqida ma’lumot berdi
18:20 / 19.06.2023