Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«El-yurt umidi» jamg‘armasi navbatdagi stipendiyalar saralash tanlovi boshlanganini e'lon qildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi navbatdagi stipendiyalar saralash tanlovi boshlanganligini e'lon qildi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlov komissiyasi xabariga ko‘ra, saralash tanlovi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi: “Fan va ilmiy-tadqiqotlar”, “Sog‘liqni saqlash”, “Davlat boshqaruvi” va “Iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari”.
Jamg‘arma Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq, respublikaning barcha hududlardagi nomzodlar uchun bir xil va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, stipendiya tanloviga nomzodlardan hujjatlar jamg‘armaning www.eyuf.uz internet manzili orqali on-line tarzda elektron shaklda qabul qilinadi. Hujjatlar qabul qilish joriy yil 20 fevraldan 20 martga qadar amalga oshiriladi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovlari tartibi, qoidalari va saralash tanlovi o‘tkazish jarayonlari to‘g‘risida ma'lumotlar muntazam ravishda jamg‘armaning www.eyuf.uz sayti orqali berib boriladi. Aksariyat tez-tez so‘raladigan savollarga jamg‘arma saytida javoblar muntazam joylashtirib boriladi.
Mavzuga oid
15:52 / 15.05.2025
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi
16:09 / 13.05.2025
«El-yurt umidi» prezident stipendiyasi joriy etiladi
16:43 / 29.04.2025
«Yil o‘qituvchisi» hamda «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlari o‘tkaziladi
17:28 / 28.03.2025