Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada hindular milliy gvardiya generalini asirga olishdi
Venesuelada pemon elatiga mansub hindular milliy gvardiya generali Xose Migel Montoyyani Braziliya bilan chegara yaqinida asirga olishdi. Bu haqda mamlakat parlamenti deputati Ameriko de Grasiya tvitterda ma'lum qildi.
22 fevralda armiyaning Bolivar shtatidagi hindularga qarshi harakatlari oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi yaralandi. Nacional portali ma'lumotlariga ko‘ra, harbiylar San-Fransisko-de-Yuruani posyolkasiga kelib, ko‘chada to‘plangan mahalliy aholiga o‘q uzishgan. Bunga javoban hindular uch askarni asirga olishgan.
“Kumarakapayda pemon elatining yana bir vakili halok bo‘ldi. 3 kishi og‘ir yaralangan. Mahalliy aholi hujumga qo‘mondonlik qilgan, general Xose Migel Montoyyani asirda ushlab turibdi”, deb aytgan de Grasiya.
Voqea yuz bergan posyolok Braziliya bilan chegarada joylashgan. Bu yer prezident Nikolas Maduroning buyrug‘iga ko‘ra gumanitar yordam yetkazilmasligi uchun yopib qo‘yilgan. Maduro hukumati gumanitar yordamning mamlakatga kiritilishiga qat'iy qarshi chiqmoqda, muxolifat esa minglab odamlarni ocharchilikdan qutqarish uchun uning kiritilishini talab qilmoqda.
Mavzuga oid
21:57 / 23.05.2025
Amazoniya hindular qabilasi tuhmat uchun The New York Times gazetasini sudga berdi
11:16 / 28.04.2025
Rossiya sudi general Moskalikni o‘ldirishda ayblanayotgan shaxsni hibsga oldi
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025