Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ishga olishda ayollardan oilasi va farzandlari haqida so‘rash taqiqlab qo‘yildi
Xitoyda ayollarni ishga qabul qilishda ularning oilalari va farzandlari haqida so‘rash taqiqlab qo‘yildi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Endilikda mamlakatda yangi xodimlarni ishga olish uchun suhbat o‘tkazishda nomzodning jinsini hisobga olish taqiqlanadi. Bundan tashqari, ishga yaroqlik bo‘yicha tibbiy komissiyadan o‘tishda homiladorlikka tekshirish majburiy topshiriluvchi tahlillar ro‘yxatidan olib tashlanadi.
Qoidabuzarlarga 10 ming yuandan 50 ming yuangacha jarima solinadi. Jiddiy qoidabuzarlik holatida ishga yollovchi kompaniya litsenziyasidan mahrum etilishi mumkin.
Reuters axborot agentligining ta'kidlashicha, Xitoy Osiyoda mehnat qiluvchi ayollar soni eng yuqori bo‘lgan davlat hisoblanadi. Biroq oxirgi yillarda bu ko‘rsatkich pasaya boshlagan. Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, 1990 yilda 15 yoshdan katta xitoylik ayollarning 73 foizi ishlagan. 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 61 foizgacha pasayib ketgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025