«Lokomotiv» 5 yil ichida 8-sovrinni qo‘lga kiritdi – Superkubokdan fotoreportaj
Bugun «Lokomotiv» OKMKni mag‘lub etib (2:1), O‘zbekiston Superkubogini ikki marta qo‘lga kiritgan birinchi klubga aylandi. Jami besh marta o‘tkazilgan bir o‘yindan iborat sovrinli uchrashuvda bunga qadar «Navbahor», «Bunyodkor» va «Nasaf» bir martadan g‘olib chiqqan edi.
Ushbu mukofot «temiryo‘lchilar» tarixidagi 8-sovrin bo‘ldi. Bu 8 kubokning barchasi oxirgi 5 yil ichida qo‘lga kiritilgan. Jamoa 2016, 2017 va 2018 yillarda O‘zbekiston chempioni; 2014, 2016 va 2017 yillarda kubok sohibi; 2015 yilda Superkubok egasi bo‘lgan edi. Bundan tashqari, «Loko» 2013-2015 yillar oralig‘ida ketma-ket uch marta Oliy ligada ikkinchi o‘rinni olgan, 2014 yilgi Superkubokda mag‘lubiyatga uchragan.
Tribuna.uz fotomuxbiri «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tgan «Lokomotiv»–OKMK uchrashuvidan sara suratlarni taqdim etdi.
Mavzuga oid
21:47 / 20.11.2024
OKMKning qariyb 25 foizi 12,2 trillion so‘mga baholanib, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazildi
17:00 / 02.11.2024
OKMKning 75 yilligi: O‘zbekiston sanoat faxri bo‘lgan kombinatda yirik o‘zgarishlar
20:17 / 15.10.2024
Olmaliqda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi
17:08 / 15.10.2024