Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
PFL «Bunyodkor» Superliganing qur'a tashlash marosimiga chaqirilmagani haqidagi xabarni rad etdi
Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G‘afurov O‘zbekistonning 5 karra chempioni, o‘tgan mavsumda to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan «Bunyodkor» futbol klubiga yangi mavsum uchun qur'a tashlash marosimiga taklifnoma sifatida xat jo‘natilmagani haqida tarqalgan xabarni rad etdi.
PFL bosh direktori Kun.uz muxbiri savollariga javob berdi.
— «Bunyodkor»ga xat yetkazilmagani haqidagi ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. «Bunyodkor» yonimizda, ularga qur'a tashlash marosimi haqidagi xat qog‘ozda yetkazilgan. To‘g‘ri, uzoq viloyatlardagi jamoalarga xatlar elektron pochta orqali jo‘natilgan. Lekin poytaxtdagi klublarga, jumladan «Bunyodkor»ga ham uning qog‘ozdagi nusxasi yetkazib berilgan.
— Ertaga yangi mavsumga qur'a tashlash marosimi aniq o‘tkaziladimi?
— Ha, o‘tkazilishi aniq.
— Unda «Bunyodkor» ham aniq ishtirok etadimi?
— Biz yangi mavsumda ishtirok etadigan klublarning barcha hujjatlarini O‘FA komissiyasiga topshirganmiz. Ular o‘rganishyapti. Ertaga qur'a tashlash marosimidan avval O‘FA komissiyasining yangi mavsumda ishtirok etadigan klublar borasida yakuniy xulosasi qabul qilinadi. O‘shanda yangi mavsumda qatnashish uchun qo‘yilgan barcha 12 klubning nomi e'lon qilinadi va qur'ada ishtirok etishga qo‘yiladi.
Bundan avvalroq O‘zbekistondagi sport nashrlarida 25 fevral kuni PFL Superligasining yangi mavsumiga qur'a tashlanishi, bu haqda Superliga va Pro Liganing o‘tgan yilgi yakunlari bo‘yicha yangi mavsumda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan 11ta klubga - «Paxtakor», «Nasaf», «Metallurg», «Navbahor», «So‘g‘diyona», «Qo‘qon-1912», «Buxoro», «Lokomotiv», «Andijon», OGMK va «Qizilqum» klublariga ogohlantirish xatlari yuborilgani, lekin «Bunyodkor»ga bunday xat jo‘natilmagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Xabarda yangi mavsumda «Bunyodkor» o‘rniga Pro Liganing o‘tgan mavsumida A guruhida to‘rtinchi o‘rinni egallagan «Surxon» klubi egallashi mumkinligi qo‘shimcha qilingandi.
Mavzuga oid
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
13:11 / 02.04.2024
«Bunyodkor» Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishilganini e’lon qildi
21:00 / 02.03.2024