Fan-texnika | 09:54 / 25.02.2019
23901
2 daqiqa o‘qiladi

Beshta kamerali birinchi smartfon taqdim etildi

Foto: Nokia

Nokia brendi ostida smartfonlar ishlab chiqaradigan Finlyandiyaning HMD Global kompaniyasi beshta kamerali birinchi smartfonni taqdim etdi. Bu haqda kompaniya saytidagi xabarda aytiladi.

Nokia 9 PureView gadjet orqa panelida Zeiss optikasi bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchilar aytishicha, beshta kameradan olingan tasvirlarning avtomatik uyg‘unlashuvi suratga olingandan keyin tasvir fokusini tartibga solishga imkon beradi, shuningdek, 12 megapiksel hajmdagi «noyob dinamik diapazon» beradi.

Foto: Nokia

HMD Global’ning ma'lum qilishicha, ushbu smartfon aynan fotosuratchilar uchun maxsus yaratilgan, gadjet RAW siqilmagan shaklida suratga oladi va rasmlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilmada tahrirlash mumkin.

Foto: Nokia

Nokia 9 olti dyuymli ekranga ega, Qualcomm Snapdragon 845 protsessorida ishlaydi, unda 6 gigabayt operativ va 128 gigabayt ichki xotira bor. Akkumulyator quvvati 3320 mAs.ni tashkil qiladi, deya aniqlik kiritgan The Verge.

Foto: Nokia

Kutilishicha, smartfon sotuvi mart oyida boshlanadi. AQShda u 699 dollar turadi, lekin boshqa mamlakatlardagi narxlar bozorga qarab o‘zgaradi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung yangi smartfonlarni taqdim etgandi.

Mavzuga oid