Jahon | 12:23 / 25.02.2019
22638
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda yangi bosh vazir tayinlandi

Foto: BNews.kz

Qozog‘iston parlamenti deputatlari prezident Nursulton Nazarboyev ishtirokidagi yalpi majlisda hukumat yangi rahbari lavozimiga Asqar Mamin nomzodini tasdiqladilar. Bu haqda Oqo‘rdaning Twitter’ida xabar berildi.

«Parlament Majlisi deputatlari A.Mamin nomzodini hukumatning yangi rahbari lavozimiga tasdiqladilar», - deyiladi xabarda.

Nursulton Nazarboyev bu haqdagi tegishli farmonni imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, 21 fevral kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat hukumatini iste'foga chiqarishga qaror qildi va uning iste'fosini qabul qildi. O‘sha kuni Asqar Mamin bosh vazir vazifasini bajaruvchiga aylandi.

Yangi bosh vazir 1965 yil 23 oktyabrda Tselinogradda tug‘ilgan. Ilgari Ostona hokimi, transport va kommunikatsiyalar vaziri, 2016 yil sentyabrdan bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Mavzuga oid