Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi – eng yaxshi driblyor, Ronaldu kuchli elliktalikda yo‘q
Football Observatory tahlil markazi o‘tgan yili Yevropadagi top-5 ligadagi eng yaxshi driblyorlar ro‘yxatini taqdim etdi.
Bu ro‘yxatda birinchi o‘rinini «Barselona» hujumchisi Lionel Messi band etgan. Statistikaga ko‘ra, argentinalik futbolchi o‘zi ishtirok etgan o‘yinlarda o‘rtacha har 19,2 daqiqada raqib futbolchisini aldab o‘tgan.
Ikkinchi o‘rinda «Nitssa» yarimhimoyachisi Allan Sen-Maksimen joylashgan – 19,8 daqiqalik ko‘rsatkich, uchinchi o‘rindagi – Eden Azarda («Chelsi») – 21 daqiqa.
Bu boradagi kuchli o‘nlikka quyidagi futbolchilar ham kirgan: Naim Sliti («Dijon»), Usmon Dembele («Barselona»), Jyeydon Sancho («Borussiya» D), Markus Tyuram («Gengam»), Jyeff Ren-Adelaid («Anjyer»), Uilfrid Zaa («Kristal Pelas»), Anxel Korrea («Atletiko»).
«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe – 29-o‘rinda joylashgan. «Yuventus» futbolchisi Krishtianu Ronaldu top-50 ichida yo‘q.
Bu tahlil o‘tgan yili maydonda kamida 1800 daqiqa o‘tkazgan futbolchilar (Bundesliga uchun 1500 daqiqa) orasida o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024