O‘zbekiston | 15:00 / 26.02.2019
7918
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi 

Foto: ISNA

Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi.

Qayd etilishicha, hujjat O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:

2-bandda:

birinchi xatboshidagi “bank hisobvaraqlarini” degan so‘zlar “hisobvaraqlarni” degan so‘z bilan almashtirildi;

“g” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi;

sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlandi.

3-banddan “ssuda” degan so‘z chiqarib tashlandi.

8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “rezident jismoniy shaxslardan iborat bo‘lgan yuridik shaxsni” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

8-1-banddagi “legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

8-2-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“8-2. Banklar Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda ta'sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida milliy va chet el valutasidagi bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin.

Bank hisobvarag‘ini ochish tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida joylashtirilgan bank hisobvarag‘i shartnoma ofertasini akseptlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Mazkur yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lovlar ushbu Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha hamda ular nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat) taqdim etilgandan so‘ng, amalga oshirilishi mumkin. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi.”.

10-bandning ikkinchi xatboshisidan “ikkilamchi hisobvaraqlar ochilganligi to‘g‘risidagi asosiy hisobvarag‘ini ochgan bankka yuborgan xabarning nusxasi,” degan so‘zlar chiqarib tashlandi.

11-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“11. Banklarda mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq, mijozlarning hisobvaraqlarini ro‘yxatga olish kitobi yuritiladi. Ushbu kitob elektron shaklda yuritiladi.”.

18-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“18. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan asosiy hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bankda ikkilamchi, jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza taqdim qilinadi. Mazkur ariza elektron shaklda xam taqdim etilishi mumkin.”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid