Bir paytda «OVIR» va xorijga chiqish pasporti bilan harakatlanish mumkinmi?
Xorijga chiqish pasporti va stiker birgalikda amalda teng qo‘llanilmaydi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Sanjar Qosimov Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Qosimovning ta'kidlashicha, O‘zbekiston fuqarolari uchun xorijga chiqish pasporti va muddati o‘tmagan xorijga chiqish ruxsatnomasi yozuvlari qayd etilgan 2 yillik stiker bilan chet elga chiqish mumkin emas.
«Yangi turdagi pasportni olgan shaxsning stikeri amal qilish muddati o‘tmagan bo‘lsa ham “bekor qilindi” muhri bosiladi. Shu tufayli, amalda ikki hujjat bilan harakatlanish mumkin emas», – deydi u.
Qosimov ayrim hollarda xorijga chiqish pasportini rad etish holatlariga izoh berdi.
«Uzoq muddatga O‘zbekiston hududini tark etayotgan fuqarolargagina o‘z vaqtida hech qanday cheklovlarsiz pasport olishlariga sharoit yaratib berilyapti.
Boshqa hollarda esa rad etilyapti, chunki ariza topshiruvchilar nihoyatda ko‘p. Ichki tartib bo‘yicha ruxsat berish stikeri muddati tugashiga 6 oy qolgandagina xorijga chiqish pasportini olish mumkin», – deydi u.
2019 yil 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda xorijga chiqish uchun 2 yillik OVIR stikerlari berish to‘xtatilgandi. Buning o‘rniga 10 yil muddatga amal qiluvchi xorijga chiqish pasporti beriladi. Ushbu pasportini olish uchun to‘lanadigan davlat boji eng kam ish haqining 120 foizini tashkil qiladi (243 276 so‘m). 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga xorijga chiqish pasportini berish uchun to‘lanadigan davlat boji eng kam ish haqining 80 foizini tashkil qiladi (162 184 so‘m).
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi yo‘q shaxslarga, shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga xorijga chiqish pasportini berish uchun to‘lanadigan davlat boji eng kam ish haqining 100 foizini tashkil qiladi (202 730 so‘m).
Mavzuga oid
18:21 / 13.08.2024
“Shoh asar” - Kanadaning yangi pasporti dizayni haqida
08:35 / 20.07.2024
Aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi
11:29 / 13.07.2024
Singapur pasporti – «eng kuchli», O‘zbekiston pasporti – 79-o‘rinda
11:03 / 29.04.2024