Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Pokiston yadroviy kuchlarini tayyorgarlikka keltirdi – OAV
Hindiston va Pokiston harbiylari Kashmirdagi mojaro sababli yadroviy bosib turish kuchlarini jangovar tayyorgarlikka keltirishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda tomonlar armiyalari Kashmirdagi ajratuvchi chiziq oldida janglarga kirishgani xabar qilinmoqda.
120 tagacha yadroviy jangovar kallakka ega ikki davlat o‘rtasida 2002 yilda ham yadro urushi yuz berishi xavfi vujudga kelgandi. O‘shanda bunga terrorchilar tomonidan Hindiston parlamentida sodir etilgan terakt sabab bo‘lgan. Oqibatda ikki davlat o‘z chegaralariga 500 minggacha harbiyni joylashtirgan. O‘shanda yadro urushini Moskva va Vashington to‘xtatib qolgan. “Rossiya Hindiston bilan, AQSh Pokiston bilan muzokaralar olib borgandi. Bugungi kunda, afsuski, Rossiya va AQShning Hindiston-Pokiston mojarosini tartibga solishda birgalikda harakat qilishiga umid qilmasa ham bo‘ladi”, deb aytildi axborot agentligida.
Bu safar mojaroning avj olishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik haqida Yevropa Ittifoqida ham aytilmoqda. Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Islomobod va Nyu-Dehlini tashqi ishlar vazirliklari bo‘yicha aloqalarni tiklashga chaqirdi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
21:17 / 23.05.2025