Sportni ommalashtirishda Xitoy tajribasidan foydalaniladi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)da bo‘lib turibdi. Tashrifdan XXR bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birida turuvchi Xitoy tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etish, mazkur yo‘nalishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, xususan, birgalikda mutaxassislar tayyorlash tizimini shakllantirish kabi qator maqsadlar ko‘zlangan.

O‘zbekiston va Xitoy sporti mutasaddilarining bu galgi uchrashuvi dunyoning eng katta o‘nta shahridan biri bo‘lgan Shanxaydan (aholisi 21,4 mln kishi) boshlandi. Dastlab Shanxay munitsipal hukumati vitse-meri janob Chen Tsyun va mamlakatimiz delegatsiyasi rahbari – Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshchiligida tomonlar ommaviy, ya'ni barcha aholi uchun mo‘ljallangan mahalliy sport majmuasi hamda sport maktabini ko‘zdan kechirishdi.



Uchrashuv davomida sport sohasida o‘zaro tajriba almashish, yurtimizda Shanxay sport universiteti bilan hamkorlik dasturi asosida sport turlari bo‘yicha o‘zbekistonlik murabbiylar, sportchilar hamda talabalar mahoratini oshirish, aholini sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sport inshootlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha bir qator muhim kelishuvlarga erishildi.

Dilmurod Nabiyev O‘zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida mezbonlarga batafsil ma'lumot berdi.
Shundan so‘ng vakillarimiz Shanxay sport universitetida bo‘lib, bu yerdagi mavjud sharoitlar va ta'lim jarayonlarining yo‘lga qo‘yilishi bilan tanishishdi. Ushbu oliy ta'lim muassasasida sport jurnalistikasi, sport meditsinasi, sport menejmenti, sport psixologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, muzokaralar davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Shanxay sport universiteti o‘rtasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha oliy ta'limning uch bosqichini o‘z ichiga olgan tizimli hamkorlik yuzasidan qo‘shma kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, dastlab o‘zbekistonlik talaba va murabbiylarning Xitoyda qisqa muddatli o‘quv kurslari, keyin magistratura va aspiranturada o‘qishlari tashkil etiladi.

Kunning ikkinchi yarmida “Double Happiness spors” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. E'tiborlisi, mazkur yirik sport anjomlari ishlab chiqaruvchi kompaniya 2008 yil Xitoyda bo‘lib o‘tgan XXIX va 2012 yil Londonda bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarini sport anjomlari bilan ta'minlagan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Uchrashuv davomida mamlakatimizdagi sport majmualari moddiy-texnik bazasini zamonaviy sport anjomlari bilan mustahkamlash bo‘yicha mazkur kompaniya bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifi mamlakat poytaxti Pekin shahrida davom etmoqda.
Ma'lumot uchun: Bugungi kunda ommaviy jismoniy tarbiya Xitoyda davlat strategiyasi darajasiga ko‘tarilgan. Bu yo‘nalishda Umumxalq jismoniy tarbiya kuni ta'sis etishdan boshlab Davlat Kengashi tomonidan aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning besh yillik rejasi rasmiy qabul qilingunigacha bo‘lgan uzoq yo‘l bosib o‘tilgan. Xitoyda har uchinchi kishi sport bilan shug‘ullanadi, har beshinchi odam stol tennisi va badminton o‘ynaydi. Xitoyda iqtisodiyotning bir tarmog‘i sifatida qaraladigan Jismoniy tarbiya va sportning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yilda 10 mlrd AQSh dollari yoki 1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, tahlillarga ko‘ra, 2020 yilga kelib bu ko‘rsatkich 1,5 foizgacha oshadi.

Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Mavzuga oid

08:00
Tramp Xitoy uchun tariflarni 125 foizgacha ko‘tardi

07:57
Tramp tariflarining ilk kuni: investorlar dollar va AQSh obligatsiyalaridan voz kechdi, Xitoy tariflarni 84 foizga oshirdi

00:52
Zelenskiy Rossiya xitoyliklarni urushga TikTok orqali yollayotganini ma’lum qildi

22:59 / 09.04.2025