Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela gumanitar yuk orasida barrikadalar yaratish uchun anjomlar bo‘lganini ma'lum qildi
Venesuela va Kolumbiya chegarasida 23 fevralda yoqib yuborilgan gumanitar yuk ortilgan yuk mashinalarida nafaqat oziq-ovqat va dori-darmon, balki barrikadalar yaratish uchun anjomlar bo‘lgan. Bu haqda Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa BMT Xavfsizlik kengashidagi nutqida aytib o‘tdi.
23 fevralda muxolifat Venesuelaga gumanitar yukni yetkazishga uringan. Biroq Kolumbiya bilan chegarada u yerdan kelayotgan bir nechta yuk mashinasi yoqib yuborilgan.
Arreasaning aytishicha, yuk mashinalar Molotov kokteyli yordamida Kolumbiya tomonida bo‘lganlar tomondan yoqib yuborilgan.
“Bilasizmi nima? Yuk mashina ko‘zdan kechirilganda, unda nafaqat oziq-ovqat va dori-darmon, balki radikal muxolifat qo‘llashga odatlangan, barikkadalar hosil qilish uchun anjomlar, sim, to‘siqlar, mixlar topilgan”, deb aytgan vazir.
Venesuela vakilining ta'kidlashicha, mamlakat qurolli kuchlari qurol qo‘llamagan, u faqat ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llagan.
Arreasaning aytishicha, chegarada yaralanganlarning ko‘pchiligi xavfsizlik xizmati xodimlari, askarlar va politsiyachilardir.
Shuningdek, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Kolumbiya va muxolifatni 23 fevralda chegarada harakat qilgan maxsus to‘dalarni tashkil etishda aybladi.
“23 fevralda chegaraga hujum qilish uchun kolumbiyalik jinoyatchilar, qurolli tuzilmalar va venesuelalik jinoyatchilardan to‘dalar tashkil etildi. Biroq ular chegaradan o‘ta olmadilar va o‘ta olmaydilar ham. Venesueladan qo‘lingizni torting, suverenitetimiz va hududimiz hurmat qilinishini talab qilamiz”, deb aytgan Maduro.
Uning ta'kidlashicha, Kolumbiyada yollangan jinoyatchilar chegaradagi Kukuta shahriga turli joylardan kelgan. “Ulardan biridan qayerdan kelganini so‘rashganda, Kukutadan ming kilometr olisdagi Medelindan kelganini aytgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Maduro.
“Bu jinoyatchidan Kukutadagi ko‘prikda intervyu olingan. U Venesuelaga birinchi marta kelayotgani va u yerga hukumatni qo‘porish uchun ketayotganini aytgan. Shuningdek, muxolifat yollagan venesuelalik jinoyatchilar suratlari ham e'lon qilingan”, deb qo‘shimcha qilgan Venesuela prezidenti.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025