O‘zbekistonda yangi kodeks paydo bo‘ladi: ayrim mahbuslar ham saylovda ovoz berishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati yalpi majlis yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonunni muhokama etib, ma'qulladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Senat yig‘ilishida mamlakat saylov masalasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan tashqari yana 5ta qonun qabul qilingani alohida ta'kidlandi.
Ma'lum qilinishicha, saylov qonunchiligining tarqoq holda bo‘lganligi huquqni qo‘llash amaliyotida bir qator murakkabliklar tug‘diradi, fuqarolar tomonidan ularni o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi. Qonun normalari orasidagi asossiz takrorlanishlarga sabab bo‘ladi.
Endilikda Ekologik harakat vakillari uchun Qonunchilik palatasida deputatlar o‘rinlarini kvotalash instituti chiqarib tashlanadi, bunda Qonunchilik palatasidagi deputatlar o‘rinlarining umumiy soni (150ta o‘rin) saqlab qolinadi.
Shuningdek, Saylov kodeksida katta ijtimoiy xavfi bo‘lmagan jinoyatlar va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etilgan joylarda saqlanayotgan shaxslarning saylovda ishtirok etishi bo‘yicha cheklovlar olib tashlanmoqda.
Bundan tashqari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga nomzodlar ko‘rsatish tartibi bekor qilinadi. Shu tariqa siyosiy partiyalar xalq deputatlar viloyat, tuman va shahar kengashlariga nomzod ko‘rsatishlarda mutlaq huquqiga ega bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi

16:42 / 17.03.2025
Shaxsning o‘z aybini tan olgani yagona dalil bo‘lsa, u jazoga tortilmaydi

13:14 / 17.03.2025
Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori – Senat

11:11 / 15.03.2025